Investitsiya qo`mitasi
Qo`mita bankning investitsiya siyosatida belgilangan vakolati doirasida bank tomonidan qimmatli qog`ozlar bilan o`tkaziladigan operatsiyalar va uning qimmatli qog`ozlarni xarid qilish hamda yuridik shaxslarning ustav kapitalida ulushli ishtirok etish, bankning egaligidagi qimmatli qog`ozlari hamda ulushlarini sotish amaliyoti masalalariga oid barcha yo`nalishlarda qaror qabul qilish vakolatiga ega.
Auditorlik qo`mitasi
Auditorlik qo`mitasi Bank Kengashining maslahat organi bo`lib, bank Kengashi yig`ilishiga bank tashqi auditori nomzodlarini kiritish, tashqi auditorlar va Bank Kengashi o`rtasidagi o`zaro aloqalarni amalga oshirish, audit tekshiruvlari hisobotlarini qabul qilish va ko`rib chiqish, auditorlardan olingan ma`lumotlar bo`yicha bank Kengashi oldida hisobot berish kabi vazifalarni bajaradi.
Tavakkalchiliklarni nazorat qilish qo`mitasi
Bank tavakkalchiliklarini nazorat qilish qo`mitasining asosiy vazifasi bank moliyaviy ahvoliga tavakkalchiliklarning, shu jumladan kredit, valyuta, foiz, bozor, opratsiyalarga doir va bank faoliyatida yuzaga keladigan boshqa tavakkalchiliklarning ta`sirini kuzatish, ushbu tavakkalchiliklarning hisobini yuritish va bank tomonidan ularning oldini olish chora-tadbirlarini ko`rish hisoblanadi. Mazkur qo`mita bevosita bank Kengashiga bo`ysunadi.
Kredit qo`mitasi
Kredit qo`mitasining asosiy vazifasi yangi kreditlarni berish jarayonini hamda oldin berilgan kreditlar bo`yicha shartlarni o`zgaqrtirishni ko`rib chiqish va uni tasdiqlash bo`lib hisoblanadi.
Likvidlilikni boshqarish qo`mitasi
Qo`mitaning zimmasiga likvidlilikni samarali boshqarishni ta`minlash maqsadida bankning barcha bo`linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish majburiyati yuklatilgan. Qo`mita doimiy ravishda likvidlilik tavakkalchiligini hamda yuridik shaxslarning moliyalashtirishga bo`lgan talablarini, faoliyatlari yo`nalishlarini, pul oqimlarini nazorat qilishi va monitoringini amalga oshiradi.