Antikorrupsiya

Bank Boshqaruv raisining murojaatnomasi
Hurmatli hamkasblar, hamkorlar va mijozlar!

Moliya sektori jadal rivojlanib borayotgan va raqamli tahdidlar ortib borayotgan bugungi sharoitda “Ziraat Bank Uzbekistan” AJ shaffoflik, etika va korrupsiyaga qarshi xulq-atvor masalalarini o‘zining strategik missiyasining ajralmas qismi sifatida ko‘radi.
Biz qat’iy ishonamiz: bankka bo‘lgan ishonch halollik va ochiqlikdan boshlanadi. Shu munosabat bilan Bank tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish va mijozlar ishonchni ta’minlash yo‘nalishida tizimli va izchil ravishda amalga oshirilayotgan asosiy chora-tadbirlarni ta’kidlab o‘tmoqchiman:

  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri va anonim aloqa kanali. Barcha filiallarda korrupsiya holatlari bo‘yicha anonim xabar berish imkonini beruvchi kanal faoliyat ko‘rsatmoqda. Biz har bir murojaatning to‘liq maxfiyligi va xolis ko‘rib chiqilishiga kafolat beramiz. Bu ochiq korporativ madaniyatni shakllantirishda muhim qadam hisoblanadi.
  • Mijozlar oldida ochiqlik va halollik. Bank mahsulotlari va xizmatlari haqidagi barcha ma’lumotlar to‘liq va tushunarli shaklda taqdim etiladi, hech qanday yashirin shartlarsiz. Bizning maqsadimiz — har bir mijoz moliyaviy qarorni barcha zarur ma’lumotga ega holda qabul qilishi.
  • Xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish. Bankda “maxfiy mijoz” usuli orqali doimiy tekshiruvlar o‘tkaziladi. Bu xizmat ko‘rsatish darajasini xolis baholash, standartlardan og‘ish holatlarini aniqlash va ularni tezkor bartaraf etish imkonini beradi.
  • Profilaktika va o‘quv dasturlari. Xodimlar uchun muntazam o‘quv treninglari, ichki ma’rifiy kampaniyalar va targ‘ibot tadbirlari orqali shaffoflik, adolat va huquqiy mas’uliyat tamoyillariga sadoqatli munosabat shakllantirilmoqda.

Biz “korrupsiyaga nisbatan nol tolerantlik” tamoyilini joriy etdik. U nafaqat ichki qoidalarimizda, balki kundalik boshqaruv amaliyotida ham mustahkam o‘rin egallagan. Korrupsiya yoki noetik xatti-harakatning har bir holati, xodim lavozimidan qat’i nazar, xolis tekshiriladi. Javobgarlik — shaxsiy va majburiydir.

Barchangizga murojaat qilamiz: agar bosim, suiiste’mol yoki qoidabuzarlik holatlariga duch kelsangiz — bizga xabar bering. Sizning faolligingiz adolatli, xavfsiz va ochiq moliyaviy muhitni yaratishga hissa qo‘shadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish — bu ham bankning, ham jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun umumiy burchimizdir.

“Ziraat Bank Uzbekistan” AJ o‘zining ijtimoiy va kasbiy mas’uliyatini to‘liq anglaydi. Biz kelgusida ham faoliyatimizni halollik, hisobdorlik va adolat qadriyatlariga tayangan holda amalga oshirishda davom etamiz.
Ishonchingiz va hamkorligingiz uchun minnatdorchilik bildiraman.

Hurmat bilan,
Volkan Guldurmez
Boshqaruv Raisi
Ziraat Bank Uzbekistan


Hurmatli mijozlar!

Ziraat Bank Uzbekistan o‘z faoliyatida shaffoflik va halollikka katta e’tibor qaratadi. Biz korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi doimiy ravishda kurashamiz.
Agar sizga mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish yoki korrupsiyaga qarshi qonunchilikni boshqa tarzda buzish holatlari ma’lum bo‘lsa, quyidagi usullar orqali bu haqda xabar berishingiz mumkin:

• Ishonch telefoni: 78-150-43-31

• Elektron pochta: anticor@ziraatbank.uzmurojaat@ziraatbank.uz 

Murojaatchilar haqidagi barcha ma’lumotlar qat’iy sir saqlanadi. Har bir murojaat qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlangan holatlar bo‘yicha amaldagi qonunchilik doirasida zarur choralar ko‘riladi.
Siz oʻz yordamingiz bilan bank sohasida va umuman jamiyatda halollik va adolatni mustahkamlashga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

12/12/2025