Terminallar

“Ziraat Bank Uzbekistan” AJ xaridorlar kartalari o'rtasida o'zaro hisob-kitoblarni ta'minlash xizmatlarni hamda savdo va xizmat ko'rsatish korxonalariga savdo terminallarini taqdim etadi. Savdo terminalini ijaraga berish xizmati bank kartalarini tovarlarga va korxona xizmatlariga to'lov sifatida qabul qilishga imkon beradi.

        Savdo terminallarning afzalliklari:

  • turli xil to'lov shakllari korxonaning raqobatbardoshligini oshiradi;
  • bank kartalariga ega yangi mijozlarni jalb etish, korxonaning mablag’ aylanmasini oshiradi;
  • naqd pul topshirishdagi xarajatlarni kamaytiradi;
  • naqd pul aylanishi bilan bog'liq bo’ladigan xavfni kamaytiradi.

Yuridik shaxslar va Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bank tomonidan berilayotgan savdo terminallarni oylik ijara to’lovi -  bepul.

12/10/2024