Firibgarlikda ehtiyot bo'ling!

Hurmatli mijozlar!

Banklarning mobil ilovalaridan foydalangan holda firibgarlik holatlari koʻpayib borayotgan bir vaqtda, biz sizga quyidagi qoidalarga rioya qilish zarurligini eslatib oʻtamiz:

• Mijozni mobil ilovada (shu jumladan veb-ilovada) dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish, mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda faqat bank filiallarida amalga oshiriladi.
Boshqa hollarda bankning mobil ilovasidan foydalanish ilojsiz;
• ilovani faqat rasmiy manbalar - Google Play Market, App Storedan yuklab oling. Mobil ilovani yuklab olish uchun boshqa manbalar mavjud emas;
• mobil ilovaning veb-versiyasi uchun faqat https://bireysel.ziraatbank.uz saytiga kiring.
• SMS, messenjerlar yoki elektron pochta orqali olingan shubhali havolalarga (soxta saytlar anʼanaviy bank belgilaridan foydalanishi mumkin, masalan, qizil rang, bank nomi, logotip) oʻtmang va maʼlumotlaringizni (login, parol, SMS kod) bu havolalar orqali kiritmang;
• hech qanday hollarda bank kartasi maʼlumotlarini (karta raqami, amal qilish muddati), ilovaga kirish uchun parol, ilovaga kirish va toʻlovlarni tasdiqlash uchun bir martalik SMS-kodlarni begonalarga taqdim etmang. Bank xodimlari ushbu turdagi maʼlumotlarni sizdan soʻramaydi;
• Agar parolingiz buzilgan deb gumon qilsangiz, darhol ilovaning oʻzida joriy parolni oʻzgartiring;
• Telefoningizda, kompyuteringizda litsenziyalangan antivirus dasturidan foydalaning va shubhali ilovalarni yuklab olmang;

Agar firibgarlik harakatlari bilan bog'liq shubha paydo bo'lgan bo'lsa - 1293, +998(78) 147-67-67.

06/12/2023