UzQR

UzQR — 2026-yil 1-iyuldan yagona QR-to‘lov standarti

📢 Hurmatli mijozlar!
2026-yil 1-iyuldan boshlab savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar uchun UzQR yagona QR-to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘lishini ma’lum qilamiz.

UzQR tizimining afzalliklari:
✅ istalgan bank mijozlaridan to‘lovlarni qabul qilish;
✅ tezkor va qulay hisob-kitoblar;
✅ barcha to‘lov usullari uchun yagona QR-kod;
✅ to‘lovlarni xavfsiz amalga oshirish.

Tadbirkorlarga UzQR tizimiga oldindan ulanish hamda o‘z savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini yagona QR-kod bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilishga tayyorlash tavsiya etiladi.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun kontakt-markazning quyidagi raqamiga murojaat qiling: 1293

18/06/2026