Mikroqarz

Kreditning asosiy parametrlari va shartlari

(Kredit kalkulyatori qayta ishlab chiqilmoqda va hisob-kitoblar yakuniy to‘lov jadvalidan farq qilishi mumkin)

1.1 Iste’mol kreditining xususiyatlari Muddatli kredit
1.2. Kredit mahsulotining nomlanishi Mikroqarz
1.3. Fuqarolikka va fuqaroning bandligiga talablar
  • O’zbekiston Respublikasi rezidenti va norezidenti;
  • Rasmiy daromadga ega bo’lgan;
  • Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslar (doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan shaxslar), yuridik maqomga ega bo‘lmagan YATTlar va o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxs–qarz oluvchilar
1.4. Kredit mahsulotining maqsadi Aniq maqsadlilik sharti qo’llanilmaydi
1.5. Kreditning valyutasi Milliy valyutada; So’mda
1.6. Мuddati Maksimal muddat – 36 (o’ttiz olti) oy
1.7. Foiz stavkasi Foiz stavkasi 1-12 oy 13-24 oy 25-36 oy
Rasmiy daromadga ega bo’lgan qarz oluvchi uchun 25 % 26 % 26,5%
Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslar (doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan shaxslar), yuridik maqomga ega bo‘lmagan YATTlar va o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxs–qarz oluvchilar uchun. 26 % 26 % 26,5%
1.8. Qarz oluvchi tomonidan berilgan kredit arizasini ko‘rib chiqish va ushbu ariza bo‘yicha qaror qabul qilish shartlari 3 (uch) ish kunigacha (to‘liq hujjatlar to‘plami taqdim etilgan holda)
1.9. Kreditning minimal miqdori 20 000 000,00 (yigirma million) so‘m
1.10. Kreditning maksimal miqdori 100 000 000,00 (bir yuz million) so‘m
1.11. Kerakli hujjatlar to’plami Shaxsni tasdiqlovchi hujjat va unga tenglashtirilgan hujjatlar
1.12. Qarz oluvchining moliyaviy hissasi Ko’zda tutilmagan
1.13. Ta’minot turi (garov)
  • Bank talablariga javob beruvchi mol-mulk (avtotransport vositasi,   ko‘chmas va ko‘char mulk) va/yoкi kafillik
1.14. Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar
  • Kreditni qaytarish vaqtida 21 yoshdan 60 yoshgacha (kreditni qaytarish paytida 60 yoshgacha);
  • Salbiy kredit tarixining yo‘qligi
  • Qarz yuki o‘rtacha oylik daromadining 50 foizidan oshmasligi
  • Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs — doimiy oylik ish haqiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar tushuniladi (yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar ham kiradi). Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlarida kamida oxirgi 6 (olti) oy davomida muntazam pul tushumi mavjud bo‘lishi lozim.
1.15 Birgalikda qarz oluvchi va/yoki kafilga qo‘yiladigan talablar
  • Kreditni qaytarish vaqtida 21 yoshdan 60 yoshgacha (kreditni qaytarish paytida 60 yoshgacha);
  • Salbiy kredit tarixining yo‘qligi
  • Qarz yuki o‘rtacha oylik daromadining 50 foizidan oshmasligi
  • Rasmiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxs bo‘lishi.
1.16. Kreditni ajratish shakli Mikroqarz emissiya qilingan bank kartasiga o‘tkazish orqali ajratiladi
1.17. Kredit ajratish to‘g‘risidagi qarorning amal qilish muddati 30 (o‘ttiz) kun
1.18. Oraliq to‘lovlarning davriyligi Har oy
1.19. Oraliq to‘lovlarni hisoblash shakli Annuitet yoki differensiyalangan hisobli to‘lov

0,00 UZS
13/11/2025