Avtokredit

Kreditlar faqat O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan transport vositalarini sotib olish uchun, ularni ishlab chiqaruvchi/realizatsiya qiluvchi tashkilotlarga pul o‘tkazish yo‘li bilan, O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ajratiladi.

Mijoz tomonidan oldindan to‘langan dastlabki badal (bo‘nak) transport vositasi sotib olishdagi mijozning ulushi hisoblanadi. Dastlabki badal miqdori sotib olinadigan transport vositasi qiymatining kamida 30 (O‘ttiz) foizini tashkil qiladi.

Bank tomonidan jismoniy shaxslarga transport vositasini sotib olish uchun ajratiladigan kredit mablag‘ining eng yuqori miqdori kredit rasmiylashtirish kundagi O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining1500 (Bir ming besh yuz) baravaridan oshmagan miqdorda belgilanadi.

Kredit 3 (uch) yilgacha bo‘lgan muddatga ajratiladi.

Talab qilinadigan hujjatlar ro'yxati:

  • Ariza beruvchining va birgalikda qarz oluvchining pasportining asl nusxasi;
  • Ariza beruvchining va birgalikda qarz oluvchining oxirgi 12 oy davomida doimiy ish joyidan berilgan daromadlari to'g'risida ma'lumot;
  • Аvtotransport vositasini oldi-sotdi shartnomasi.

Bank garov ta'minoti sifatida, sotib olinadigan avtotransport vositasining qiymatidan kam bo‘lmagan boshqa transport vositasini yoki ko‘chmas mulkni garov sifatida qabul qilishi mumkin.

Transport vositasi sotib olinganidan so‘ng garovga qo‘yilishi nazarda tutilgan hollarda, avtotransport vositasi sotib olingunga qadar kreditning vaqtinchalik ta'minoti sifatida boshqa mol-mulk garovi qabul qilinishi mumkin.

Transport vositasi ta'minoti qiymati talab miqdoriga yetmagan taqdirda, Bank qo‘shimcha ta'minot (boshqa transport vositasi yoki ko‘chmas mulk garovi, jismoniy shaxslar kafilligi, kredit qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish polisi) talab qilishi mumkin.

Kredit foiz stavkalari:

1-12 oy - 23.9%;

13-24 oy - 24.9%;

25-36 oy - 25.9%;

15/04/2021