EHTIYOT BO’LING, FIRIBGARLAR!

 

                                                                                                                   Hurmatli mijozlar!

                                                                                        Hozirgi vaqtda firibgarlik holatlari ko‘payib bormoqda!

 



• Firibgarlarning Instagramdagi akkauntlari banklar nomidan bank mahsulotlari bo‘yicha chegirmalar va maxsus takliflarni reklama qiladi!

Reklama postidagi "batafsil" tugmasini bosib, firibgarlarning o‘ljasiga aylanib qolishingiz mumkin!

• Firibgarlarning Telegramdagi akkauntlari sizga kredit ma’qullanganini xabar qiladi! Ammo pul mablag‘larini olish uchun sizdan APK-fayl ko‘rinishidagi mobil ilovani yuklab olish so‘raladi.

Telegram orqali noma’lum kontaktlar yuborgan fayllarni hech qachon yuklab olmang!

Bank mobil ilovasini faqat Google Play va App Store’dagi rasmiy manbalardan yuklab olish mumkin!

Yodingizda bo‘lsin! Chegirmalar va maxsus takliflar haqidagi barcha yangiliklar rasmiy sahifalarda e’lon qilinadi!

30/08/2024