UZCARD BO’YICHA TEZ-TEZ BERILADIGAN SAVOLLAR:
1. UZCARD plastik kartochkasining tarixini qanday bilish mumkin?
Sizning kartangizga xizmat ko‘rsatadigan bankimizning istalgan filialida, to‘lov tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi infokiosk yoki bankomat orqali.
2. Plastik kartochka balansini qanday bilish mumkin?
Uydan chiqmasdan, telefonga ulanmagan plastik kartangizning balansini bilishning bir necha usuli: Mobil ilova yoki bank sayti orqali shaxsiy kabinetingizga kirish; Bank filialiga shaxsan tashrif buyurish
3.Agar bankomat plastik kartani yutib yuborsa, nima qilish kerak?
Bankomatdagi ko’rsatilgan raqam bo’yicha inkassatorga telefon qilish kerak.: 71 244-04-88. (Faqat Toshkent shahri hududidagi bankomatlar uchun). Ziraat Bank filiallarida bank binosiga o’rnatilgan bankomatlarda karta qolib ketsa filialdagi bankomatlarga masul xodimga murojat qilish kerak
4.Agar boshqa bankdan pul mablag‘larini o‘tkazishda yoki boshqa bank ilovalari orqali ZBU kartasiga pul tushirishda muammo yuzaga kelsa, nima qilish kerak?
Agar pul mablag‘lari boshqa bank yoki uning ilovasi orqali Ziraat Bank kartasiga o‘tkazilganda o‘z vaqtida tushmasa, Ziraat Bank bu kechikish uchun javobgar emas. Bu holatda, pul jo‘natilgan bank yoki ilovaning xizmat ko‘rsatuvchi muassasaga murojaat qilishingiz kerak.
5.Kartani masofadan turib blokdan chiqarish mumkinmi?
Onlayn karta qulfini ochish xizmati ishlamaydi.
6. UZCARD/HUMO/MASTER CARD kartasini qanday bloklash mumkin?
Mijoz quyidagi harakatlar orqali to‘lov kartasini mustaqil ravishda bloklashi mumkin: - bank veb-saytidagi shaxsiy kabinet orqali (internet-banking xizmati ulangan taqdirda); - xizmat ko‘rsatuvchi bank yoki to‘lov xizmatlari provayderining mobil ilovasi orqali (Uzcard, PayMe, Click va boshqalar). (UZCARD/HUMO kartalari uchun). Bankning mobil ilovasiga kiring, avtorizatsiyadan o‘ting; kerakli kartani toping; uning sozlamalariga kiring; "Xavfsizlik" bo‘limida "Kartani bloklash" bandini tanlang (MasterCard uchun).
HUMO BO’YICHA TEZ-TEZ BERILADIGAN SAVOLLAR:
1.SMS - xabarni qanday ulash va oʻchirish mumkin?
SMS-axborotni faqat HUMO kartasini bergan bank ulashi va oʻchirishi mumkin. Buning uchun kartaga ariza rasmiylashtirishda shaxsiy mobil raqamingizni koʻrsatishingiz kerak.
2. SMS-axborot qaysi raqamdan keladi?
SMS bildirishnoma 11313 raqamidan keladi.
3. SMS xabar kelmayotgan bo’lsa, nima qilish kerak?
Avvalo, telefon raqamingiz balansini va faoliyat holatini tekshirib ko‘ring. Shuningdek, SMS-xabarnoma xizmatiga ulanganingizga ishonch hosil qiling. Buning uchun bankingiz bilan bog‘lanishingiz mumkin. Agar telefon raqamingiz faol bo‘lsa va boshqa SMS-xabarlar kelayotgan bo‘lsa, lekin bankingizdan xabarlar tushmasa, muammoni hal qilish uchun aloqa operatoringizga murojaat qiling. Shuningdek, xabar olish uchun @HUMOcardbot Telegram-botidan foydalanish tavsiya etiladi.
4.Nima sababdan SMS xabar kelmaydi?
Xizmat yoqilgan bo‘lishi, abonent raqami esa faol holatda va hisob raqami ijobiy balansga ega bo‘lishi kerak. Shuni unutmangki, xizmat ko‘rsatuvchi operator tarmog‘idagi yuklamalar sababli ba’zan xabar yetib kelishida kechikishlar yuz berishi mumkin. Agar abonent telefoni o‘chiq bo‘lsa, xabar navbatga qo‘yiladi va odatda bir necha soat ichida yetkaziladi.
5.SMS xizmatini qanday oʻchirish mumkin?
SMS xizmati xato ulangan va uni qanday oʻchirish mumkin? Muammoni koʻrsatgan holda bank ofisiga kelib murojaat qilishingiz kerak.
6. Bitta SIM-kartaga nechta plastik kartochkani ulash mumkin?
Plastik kartochkani bitta SIM-kartaga ulashda hech qanday cheklov yoʻq.
7. Bitta plastik kartani ikkita raqamga ulash mumkinmi?
Bitta plastik kartani faqatgina bitta telefon raqamiga ulash mumkin.
8. Korporativ raqamlarga SMS xabarnomasini ulash mumkinmi?
Ha. Mumkin.
9. Terminallarda qanday xatolar yuz berishi mumkin?
Agar POS-terminal orqali tranzaksiya amalga oshirilsa, lekin to‘lov muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, qog‘oz chekta sabab ko‘rsatiladi. Masalan, quyidagi yozuvlar paydo bo‘lishi mumkin:
"Noto‘g‘ri PIN kod" – kiritilgan maxfiy kod mos kelmaydi.
"Mablag‘ yetarli emas" – hisobingizda yetarli mablag‘ yo‘q.
Agar bunday holatlarga duch kelsangiz, hisobingiz balansini tekshiring yoki qayta urinib ko‘ring.
10. HUMO kartasini to‘lov tizimlari ilovalarida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkinmi?
Ha, HUMO kartasini barcha to‘lov tizimlari ilovalarida, shuningdek, banklarning rasmiy mobil ilovalarida ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish mumkin.
11. Kartadan kartaga pul o‘tkazish mumkinmi?
Ha, HUMO kartasidan boshqa HUMO kartasiga, shuningdek, boshqa to‘lov tizimlariga tegishli kartalarga va aksincha, mablag‘ o‘tkazish imkoniyati mavjud. Bunday xizmat barcha bank ilovalarida hamda mashhur to‘lov tizimlari ilovalarida (Click, Paynet, Payme va boshqalar) qo‘llab-quvvatlanadi. Pul o‘tkazmalari bo‘yicha komissiya miqdorini bank yoki to‘lov tizimi mustaqil ravishda belgilaydi.
12. Boshqa operatorlarning terminallari HUMO kartalarini qabul qiladimi?
Hozircha turli to‘lov tizimlariga tegishli terminallar bir-birining kartalarini qabul qilmaydi. Ushbu funksiyani joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Qo‘llab-quvvatlash yo‘lga qo‘yilganda, bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
13. Kontaktsiz to‘lovdan qanday foydalanish mumkin?
Kontaktsiz to‘lovni amalga oshirish uchun kartani terminaldagi maxsus belgi yoniga yaqinlashtiring va bir necha soniya ushlab turing. Tranzaksiya tasdiqlanganda terminal maxsus tovush signali beradi. HUMO kartalari bilan kontaktsiz to‘lov qilishda kartani kassirga berish shart emas. Shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash uchun PIN-kodingizni hech qachon ovoz chiqarib aytmang – uni faqat o‘zingiz terishingiz kerak.
14. PIN kodsiz to‘lov qilish mumkinmi?
Ha, PIN kod kiritmasdan kontaktsiz to‘lov qilish mumkin, lekin bu uchun belgilangan limit mavjud. PIN kodsiz to‘lovning maksimal miqdori 50 000 so‘mni tashkil etadi. Agar to‘lov summasi 50 000 so‘mdan oshsa, terminal PIN kod kiritishni talab qiladi.
15. Agar mijoz kartasini yo‘qotsa, uni qanday bloklashi mumkin?
Kartangizdan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish uchun uni darhol bloklashingiz kerak. Buning uchun quyidagi usullardan birini tanlashingiz mumkin:
Bankning mobil ilovasi orqali kartani bloklash.
Kartani chiqargan bank bilan bog‘lanish va bloklashni so‘rash.
Diqqat! Bankka murojaat qilganingizda, hech qachon PIN-kod yoki CVV-kod ma’lumotlarini operatorga yoki boshqa shaxslarga oshkor qilmang!
16. Tranzaksiyani bekor qilish mumkinmi? Qaysi hollarda qo‘llaniladi?
Ha, tranzaksiyani bekor qilish funksiyasi terminallarda mavjud. Uni hisob-kitoblar yakunlanmaguncha ishlatish mumkin.
Misol: Agar kassir noto‘g‘ri summa kiritib qo‘ysa (masalan, qo‘shimcha nol qo‘shib yuborsa), quyidagi tartibda tranzaksiyani bekor qilish mumkin:
Terminalda "0" tugmasini bosing.
Menyu ichidan "Operatsiyani bekor qilish" bo‘limini tanlang.
Xatolik bilan amalga oshirilgan tranzaksiya chek raqamini kiriting.
Yashil tugmani bosing va kartani terminalga yaqinlashtiring.
Shundan so‘ng mablag‘ kartangizga qaytariladi.
17. Agar bankomat pulni bermagan va hisobidan pul chiqarmagan boʻlsa - chi?
Amalda bunday holatlar juda kam uchraydi, ko’pincha mijoz pulni lotokdan o’z vaqtida olmaydi. Masalani hal qilish uchun ushbu bankomatga xizmat ko’rsatuvchi bankka murojaat qilish kerak (bankning ma’lumotlari bankomatda mavjud).
18. Savdo nuqtasi HUMO kartasini qabul qilmasa, nima qilish kerak?
Agar savdo nuqtasida HUMO to‘lov tizimi belgisi bo‘lsa, lekin sizning kartangiz orqali to‘lovni qabul qilishmasa, quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilib, bu holat haqida xabar berishingiz mumkin:
- Davlat soliq qo‘mitasining ishonch telefoni: (71) 244-98-98
- HUMO to‘lov tizimining yagona Call-markazi: (71) 200-08-88
Bu orqali muammo hal qilinishiga yordam beriladi.
19. HUMO bankomatlaridan xalqaro kartalar orqali naqd pul yechish mumkinmi?
Ha, HUMO bankomatlari orqali VISA, Mastercard va UnionPay xalqaro kartalaridan naqd pul yechish mumkin. Pul yechilganda mablag‘ milliy valyutada beriladi. Bu operatsiya uchun bank-ekvayer va xalqaro to‘lov tizimining komissiyasi hisobga olinadi.
20. HUMO terminallari xalqaro kartalar orqali to‘lovlarni qabul qiladimi?
Ha, barcha HUMO to‘lov terminallari VISA, Mastercard va UnionPay xalqaro to‘lov tizimlari kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilish imkoniyatiga ega.
21. Kartalar xizmat ko’rsatish qancha turadi?
Kartalarga xizmat ko’rsatish bepul.
22. Ziraat Bank kartasiga o‘tkazmalar uchun komissiya qancha?
ZBU UZ mobil ilovasi orqali Ziraat Bank Uzbekistan (ZBU) kartasiga o‘tkazmalar uchun komissiya 0%, ya’ni bepul.
23. Kartamni yo‘qotdim, nima qilish kerak?
Kartangizdan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish uchun uni imkon qadar tezroq bloklashingiz kerak. Buni ikki usulda amalga oshirish mumkin:
1. Mobil ilova orqali bloklash – Ziraat Bank Mobile ilovasidagi "Kartalar" bo‘limi orqali (hozirda ishlab chiqilmoqda).
2. Bank bilan bog‘lanish – Kartangizni bloklash va yangisini rasmiylashtirish uchun bankka murojaat qilish.
Shuningdek, Ziraat Bank Mobile ilovasida HUMO kartasini qayta chiqarish funksiyasi ham ishlab chiqilmoqda.
24. Kartani naqd pul bilan qanday to‘ldirish mumkin?
Kartangizga naqd pul mablag‘larini quyidagi usullar orqali o‘tkazishingiz mumkin: Naqd pul qabul qiluvchi HUMO bankomatlari orqali – Mablag‘ kartaga darhol tushadi. O‘zbekistonning boshqa banklari orqali – Bunda bank xodimiga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishingiz kerak: Tranzit hisobraqami: 23116% MFO kodi Qabul qiluvchi F.I.O va karta raqami.
Diqqat! Agar mablag‘ soat 16:00 gacha o‘tkazilsa, kartaga shu kuni tushadi. Agar 16:00 dan keyin o‘tkazilsa, mablag‘ keyingi ish kuni kartaga tushadi.
25. Yuridik shaxsdan kartamga pulni qanday o‘tkazish mumkin?
Agar yuridik shaxsdan kartangizga pul o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi rekvizitlarni taqdim etishingiz kerak: Tranzit hisobvaraq: 23120% MFO kodi, STIR (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami), IFUT (faoliyat turi kodi) Oluvchi ma’lumotlari: F.I.Sh. va karta raqami
Diqqat! Agar pul o‘tkazish soat 16:00 gacha amalga oshirilsa, mablag‘ shu kuni kartada aks etadi. 16:00 dan keyin o‘tkazilgan mablag‘ keyingi ish kuni kartaga tushadi.