Oʻzbekiston eksportchilari uchun AJ Ziraat Bankidan samarali qo’llab quvvatlash
Maxsus faktoring dasturi
Turkiyaga amalga oshirgan eksportingizda muddatidan oldin moliyalashtirish imkoniyati
Turkiyaga amalga oshirgan eksport operatsiyalaringiz bo‘yicha, Ziraat Bank Uzbekıstan AJ faktoring xizmati orqali debitor qarzdorliklaringizni muddatidan oldin xavfsiz va tezkor tarzda undirish, shuningdek savdo hajmingızni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Dastur doirasi
Faktoring xizmati quyidagi amaliyotlardan iborat:
• Turk importchilari tomonidan ochilgan akkreditivlar;
• Turk importchilari tomonidan taqdim etilgan bank kafolat xatlari;
• Ziraat Banki (Turkiya) ishonchi ostida amalga oshiriladigan amaliyotlar;
Agar eksport qilayotgan hamkoringiz Ziraat Banki (Turkiya) mijozi bo‘lsa, operatsion jarayonlar yanada osonlashadi va ayrim hollarda akkreditiv yoki bank kafolati talab etilmasligi mumkin.
Siz uchun afzalliklar
• Oyiga 0,7% dan boshlanuvchi stavkalar bilan muddatidan oldin to‘lov olish;
• Elektrotexnika sanoati korxonalariga “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati mablag‘lari hisobidan faktoring xizmati bo‘yicha diskont yoki hisoblangan foiz summasining 50 foizi, biroq yillik 4 foiz stavkadan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
• Debitor qarzlarni kutmasdan pul mablag’lariga aylantirish imkoniyati;
• Barqaror va rejalashtiriladigan pul oqimi;
• Raqobatbardosh shartlarda moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyati;
• Valyuta operatsiyalarida qulay kurslar;
• Xalqaro pul o‘tkazmalarida tezkor va arzon yechimlar;
• Xavfsiz va barqaror savdo infratuzilmasi;
Nima uchun faktoring?
• To‘lov bilan bog‘liq risklarini kamaytiradi;
• Pul oqimini tezlashtiradi;
• Yangi eksport imkoniyatlariga tezkor javob berishga yordam beradi;
• Moliyaviy yukni yengillashtiradi
Ziraat Bank Uzbekistan AJ faktoring xizmati bilan eksportdagi salohiyatingizni yanada oshiring