Bankning vakolatli organi/shaxs quyidagi sabablarga koʻra kredit berishni rad etish huquqiga ega:
• Amaldagi qonunchilik xujjatlariga yoki bankning ichki tartiblariga zidligida;
• Mijozning moliyaviy holati qoniqarsiz boʻlganda yoki mijoz boʻyicha moliyaviy boʻlmagan salbiy holat aniqlanganda;
• Mijoz soʻrayotgan shartlar (masalan foiz stavkasi yoki taʻminot sifatida/miqdori) Bankning ichki xujjat bilan belgilangan shartlarga mos kelmaganda;
• Mijozning yuridik xujjatga muvofiq boʻlmaganda, uning xuquqlari va vakolatlari shubha uygʻotganda;
• Mijozning salbiy kredit tarixiga ega ekanligi;
• Kredit portfeli tarkibi (muddatlar, risk diversifikasiyasi v.b.) omillar sababli kredit berish imkoni boʻlmagan holatda;
• Bankda kredit ajratish uchun resurs mavjud boʻlmaganda;
• Kredit talabi Bankning qisqa va uzun muddatli strategik maqsadlarga mos boʻlmaganda.