Iste`mol kredit "Shinam uy"

«Shinam uy – 2.0»

iste'mol kredit mahsulotining pasporti

1. Kredit ajratilishining asosiy tamoyil va shartlari
2.1. Kreditning xususiyati Muddatli kredit
2.2. Kredit mahsulotining nomi «Shinam uy 2.0»
2.3. Kredit mahsulotining maqsadi Jismoniy shaxslar (iste'molchilar)ga turar va noturar joy binolarini ta'mirlash ishlari va xizmatlari hamda qurilish materiallari sotib olish  uchun ajratiladigan iste'mol krediti.
2.4. Fuqarolikka va fuqaroning bandligiga talablar
  • O‘zbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti;
  • Rasmiy daromadga ega bo‘lgan (doimiy ish joyiga ega bo‘lgan, ish haqi loyihasi orqali maosh oladigan jismoniy shaxslar);
2.5. Kredit valyutasi Milliy valyutada: So‘m
2.6. Kredit muddati 36 oygacha
2.7. Foiz stavkasi 1-12 oygacha – yillik 25,0 %
13-24 oygacha - yillik 26,5 %
25-36 oygacha - yillik 28,0 %
2.8. Qarz oluvchi tomonidan berilgan arizani ko‘rib chiqish va ushbu ariza bo‘yicha qaror qabul qilish muddati Kredit buyurtmasi olinganidan so‘ng 5 (besh) ish kunigacha
2.9. Kreditning eng kam miqdori 30.000.000 (o‘ttiz million) so‘m
2.10. Kreditning eng ko‘p miqdori  300.000.000 (uch yuz million) so‘m
2.11. Ta'minot turi (garov)
  • Kredit miqdorining 115% dan kam bo‘lmagan qiymatda  mulk garovi, uchinchi shaxslar kafilligi;
  • Bankka aloqador bo‘lgan shaxslarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha ta'minot

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan miqdorda qabul qilinadi.

2.12. Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar
  • Kreditni qaytarish vaqtida 21 yoshdan 60 yoshgacha;
  • Salbiy kredit tarixining yo‘qligi;
  • Bank va/yoki kredit tashkilotlarida muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligi;
  • Mijozning o‘rtacha oylik daromadining 60%i yangi olinadigan kredit hamda mavjud kredit to‘lovlari va boshqa majburiy to‘lovlari uchun yetarli bo‘lishi lozim.
2.13. Birgalikda qarz oluvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablar
  • Kreditni qaytarish vaqtida 21 yoshdan 60 yoshgacha;
  • Salbiy kredit tarixining yo‘qligi;
  • Bank va/yoki kredit tashkilotlarida muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligi;
  • Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining jami o‘rtacha sof daromadlarining 60% kredit bo‘yicha eng yuqori oylik to‘lovni hamda mavjud kreditlari/qarzdorligi bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lov miqdorini qoplash uchun yetarli bo‘lishi lozim.
2.14. Kredit ajratish shakli Bank ofisi (oflayn)da mol-yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchining hisobvarag‘iga mablag‘larni naqdsiz shaklda shartnoma asosida o‘tkazish.
2.15. Kredit ajratish to‘g‘risidagi qarorning amal qilish muddati 30 (o‘ttiz) kun
2.16. Oraliq to‘lovlarning davriyligi Har oy
2.17 To‘lov shakli Annuitet va/yoki differensiyalangan hisobli to‘lov

0,00 UZS
08/01/2025