2022-yilning 27-dekabr sanasida Andijon ofisining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi!

Ziraat Moliya Guruhining O’zbekistondagi oltinchi xizmat ko’rsatish ofisi Andijonda ochildi.

Xorijda keng xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga ega bo‘lgan Ziraat Moliya Guruhi O‘zbekistondagi oltinchi xizmat ko’rsatish ofisini ochish orqali o‘z faoliyat sohasini kengaytirishda davom etmoqda.
 
Ziraat Bankning sho‘basi bo‘lgan va "International Global Finance" jurnali tomonidan 2022-yilda “O‘zbekistonning eng yaxshi banki” deb topilgan Ziraat Bank Uzbekistanning; Korporativ sho’basi, Chakana sho’basi, Yunusobod filiali, Samarqand ofisi va Farg‘ona ofisidan so‘ng Andijonda oltinchi xizmat ko’rsatish ofisi o‘z faoliyatini boshladi.
 
1993 yilda O‘zbekistondagi bank sohasiga birinchi xorijiy kapital ishtirokidagi bank sifatida qadam qo‘ygan Ziraat Moliya Guruhi 2017 yildan buyon mamlakatdagi faoliyatini 100 foiz kapitali Ziraat Bankga tegishli bo‘lgan Ziraat Bank Uzbekistan nomi bilan davom ettirmoqda.
 
1863 yilda asos solingan, Turkiyada 1732 ta filialga ega va dunyoning 19 davlatida faoliyat yuritayotgan Ziraat Bank, iqtisodiy va ijtimoiy tomondan rivojlanayotgan va so'nggi yillarda juda jiddiy taraqqiyot harakatini boshlagan O‘zbekistonda zamonaviy bank xizmatlarini taklif etib, mijozlar portfelini oshirishni maqsad qilmoqda. Bank sohasidagi faoliyat hajmini yanada yuqori darajaga olib chiqish bilan birga Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo hajmini oshirish orqali Turkiya bank sohasida erishilgan yutuqlar va tajribalarni do‘st va qardosh O‘zbekistonda ham amalga oshirish strategik maqsad qilib belgilagan. Bu doirada Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarning bank assotsiatsiyalari yaqinda Istanbulda bo’lib o’tgan yig’ilishda shartnoma imzolab, mushtarak ittifoq tuzib ish boshladi.
 
27.12.2022 yil “Ziraat Bank Uzbekistan” AJ Andijon filialining ochilish marosimida Andijon viloyati hokimiyati vakillari, Andijon shahar hokimi vakillari, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar, hokim yordamchilari, Markaziy bankning Andijon viloyati bosh boshqarmasi vakillari, Turkiya diplomatik missiyasi vakillari va maslahatchilari, shahardagi banklar vakillari, koʻplab mutasaddilar, ishbilarmonlar va fuqarolar ishtirok etdi.

30.12.2022