Hisob raqam bo`yicha SMS xabarnoma

“SMS-xabarnoma” xizmati nima?

«SMS-xabarnoma» xizmati bank kartasi foydalanuvchilar uchun foydalidir - bu kartadagi barcha ma'lumotlarni mijozning telefoniga matnli xabar shaklda jo'natadi.

«SMS-xabarnoma» xizmati karta egasiga barcha kirimlar, joriy balans va to’lov operasiyalari, jumladan, amalga oshirilgan to’lovlar haqidagi ma’lumotlarga tezkorlikda ega bo’lish imkonini beradi.

Bu tizimga qanday ulanish mumkin?

«HUMO» to’lov tizimida ishlovchi bank kartalariga xizmatni faollashtirish - kartani ochishda bank xodimlariga murojaat qilish yoki xizmat ko'rsatuvchi bankka tashrif buyurish kerak (agar karta chiqarilgan bo'lsa) va ularga +998 XX YYYYYYY formatida uyali telefon raqamingiz haqida xabar bering, bu erda X- operatorning kodi, Y - bu telefon raqami.

«UZCARD» to’lov tizimida ishlovchi bank kartalariga xizmatni faollashtirish - kartani ochishda bank xodimlariga murojaat qilish, xizmat ko'rsatuvchi bankka tashrif buyurish yoki infokioska/bankomat yordamida faollashtirish mumkin

 Har bir «SMS-xabarnoma»ning narhi 84 so’m 20 tiyinni tashkil etadi va foydalanuvchining mobil hisobidan avtomatik tarzda yechib olinadi.

DIQQAT!

Bank PIN-kodingizni sir saqlashingizni va boshqa birovlarga bermasligni tavsiya etadi. Agar PIN-kodingizni kimda kim bilib olganini sezib qolsangiz shu zahot PIN-kodni o’zgartirib qoying. PIN-kodni bir oyda bir marotaba o’zgartirib turish tavsiya etiladi.


02/12/2024