22-may kuni soat 13:30 da “Ziraat Bank Uzbekistan” Yunusobod ofisi binosining 2-qavatida joylashgan konferensiya zalida Turkiyaning taniqli tug‘ro (xattotlik san’ati orqali muhr tayyorlash) rassomi Ismet Keten ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu maxsus tadbirda Ismet Ketenning 40 dan ortiq asari san’at ixlosmandlariga taqdim etildi.
Ko‘rgazmani O’zbekiston Banklari Assotsiatsiyasining bosh direktori Baxtiyor Hamidov ochib berdi. Shuningdek, ochilishda ko‘plab nufuzli mehmonlar, shu jumladan, O‘zbekistondagi taniqli ishbilarmonlar, siyosatchilar va jamoat vakillari ishtirok etishdi.
31-may kunigacha davom etadigan ushbu ko‘rgazmaga barcha san'at ixlosmandlari yakshanba kunidan tashqari har kuni soat 10:00 - 17:00 oralig‘ida tashrif buyurishi mumkin. Ko‘rgazmaga kirish bepul.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko’chasi, 1-tupik, 6-uy.