Iste`mol kreditlari

«Iste'mol krediti »

Iste'mol kreditlashning asosiy parametrlari va shartlari

1. Kredit ajratilishining asosiy tamoyil va shartlari
1.1. Iste'mol kreditining xususiyati Muddatli kredit
1.2. Kredit mahsulotining nomi «Iste'mol krediti»
1.3. Fuqarolikka talab O‘zbekiston Respublikasi rezidenti
1.4. Fuqaroning bandligiga talablar

Rasmiy daromadga ega bo‘lgan (doimiy ish joyiga ega bo‘lgan ish xaqi loyihasi orqali maosh oladigan jismoniy shaxslar).;

1.5. Kredit mahsulotining maqsadi Iste'mol krediti mijozlarga ularning iste'mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladi, jumladan:
• iste'mol tovarlari sotib olish (uy-ro‘zg‘or buyumlari, maishiy texnika vositalari, mebel va inter'er buyumlari va boshqalar);
• uy-joylarni ta'mirlash bilan bog‘liq qurilish mollari sotib olish va/yoki uy-joylarni ta'mirlash xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
• boshqa iste'mol maqsadlari.
1.6. Kreditning valyutasi Milliy valyutada; So‘m
1.7. Muddati Maksimal muddat imtiyozli davrsiz - 36 (o‘ttiz olti) oy
1.8. Foiz stavkasi 1-12 oygacha – yillik 25,5 %
13-24 oygacha - yillik 26,0 %
25-36 oygacha - yillik 28,0 %
1.9. Qarz oluvchi tomonidan berilgan arizani ko‘rib chiqish va ushbu ariza bo‘yicha qaror qabul qilish muddati 5 (besh) ish kunigacha (to‘liq hujjatlar to‘plami taqdim etilgan holda)
1.10. Kreditning eng kam miqdori Minimum 25.000.000 so‘m
1.11. Kreditning eng ko‘p miqdori  400 BXMgacha
1.12. Kerakli hujjatlar to‘plami
  • Ariza beruvchining va birgalikda qarz oluvchining pasportining asl nusxasi;
  • Iste'mol tovarlari oldi-sotdi shartnomasi. 
1.13. Ta'minot turi (garov)
  • Kredit miqdorining 115% dan kam bo‘lmagan qiymatda  mulk garovi
1.14. Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar
  • Kreditni qaytarish vaqtida 21 yoshdan 60 yoshgacha;
  • Salbiy kredit tarixining yo‘qligi;
  • Bank va/yoki kredit tashkilotlarida muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligi;
  • Mijozning o‘rtacha oylik daromadining 60%i yangi olinadigan kredit hamda mavjud kredit to‘lovlari va boshqa majburiy to‘lovlari uchun yetarli bo‘lishi lozim
1.15. Birgalikda qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar
  • Kreditni qaytarish vaqtida 21 yoshdan 60 yoshgacha;
  • Salbiy kredit tarixining yo‘qligi;
  • Bank va/yoki kredit tashkilotlarida muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligi;
  • Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining jami o‘rtacha sof daromadlarining 60% kredit bo‘yicha eng yuqori oylik to‘lovni hamda mavjud kreditlari/qarzdorligi bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lov miqdorini qoplash uchun yetarli bo‘lishi lozim
1.16. Kreditni ajratish shakli Bank ofisi (oflayn)da mol-etkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchining hisobvarag‘iga mablag‘larni naqdsiz shaklda shartnoma asosida o‘tkazish.
1.17. Kredit ajratish to‘g‘risidagi qarorning amal qilish muddati 30 (o‘ttiz) kun
1.18 Oraliq to‘lovlarning davriyligi Har oy
1.19. To‘lov shakli Annuitet yoki differensiyalangan hisobli to‘lovn

0,00 UZS
09/01/2025