Faktoring

Kechiktirilgan to'lovlar bilan yetkazib berishni doimiy ravishda amalga oshiradigan va debitor qarzdorlikni aylanmasini tezlashtirishga qiziqayotgan korxonalar uchun, Ziraat Bank Uzbekistan faktoring xizmatini taklif qiladi.

Faktoring mijozga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • yuklarni jo'natish faktini tasdiqlovchi hujjatlarga nisbatan yetkazib berish hajmining 90 foizigacha moliyalashtirish;

  • garovsiz moliyalashtirish;

  • aylanma mablag'larni uzoq muddatli to'ldirish;

  • savdoni ko'payish jarayonida moliyalashtirishni oshirish;

  • pul oqimlarini rejalashtirish;

  • qarzlarni samarali boshqarish.

Faktoring operatsiyalari "O'zbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to'g'risida" gi Nizom (O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2000 yil 3 avgustdagi 953-son qarori) asosida amalga oshiriladi.

Ziraat Bank Uzbekistan tomonidan faktoring xizmatlari milliy valyutada va xorijiy valyutada beriladi.

24/11/2020