Ikkilamchi bozordan avtokredit

Jismoniy shaxslarga
ikkilamchi bozordan avtomobil xarid qilish maqsadida avtokredit maxsuloti

(03.11.2023 sanasidan amal qiladi) 
Axborot varaqasi va kalkulyator yangilanish jarayonida
(Maxsulot bo‘yicha sizga yaqin ofisimizga murojaat qilishingiz mumkin).
1.1.  Kreditining xususiyatlari Muddatli kredit
1.2.  Kredit mahsulotining nomlanishi Avtokredit (ikkilamchi bozor)
1.3.  Fuqarolikka talab O‘zbekiston Respublikasi rezidenti
1.4.  Kredit mahsulotining maqsadi Iste'mol krediti – Ikkilamchi bozordan avtomobillarni sotib olish uchun
1.5.  Kreditning valyutasi Milliy valyutada; So‘m
1.6. Sotib olinayotgan transport vositasining eksplutatsion yoshiga talab Ishlab chiqarilganiga 5 (besh) yildan oshmagan avtotransport vositalari uchun
1.7. Kredit miqdoriKredit miqdoriKredit miqdoriKredit maksimal miqdori 1200 BXMgacha (amalda 396 000 000 (uch yuz to‘qson olti million) so‘m)
1.8. Kreditning maksimal muddati  Maksimal muddat (imtiyozli davrsiz) - 48 (qirq sakkiz) oy
1.9.

Boshlang‘ich badal*

* - (Sotib olinayotgan transport vositasining ishlab chiqarilgan-ekspluatasion yoshiga va boshlang‘ich badalga ko‘ra maksimal muddat aniqlanadi)

 

Avtomobil ishlab chiqarilgan yil oralig‘i: 2 yil va undan kam 3 yil 4 yil 5 yil
Rasmiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun minimal boshlang‘ich badal miqdori (foizda) 20% 20% 30% 30%
O’zini o’zi band qilgan jismoniy shaxslar uchun minimal boshlang‘ich badal miqdori (foizda) 30% 35% 40% 40%
Kreditning maksimal muddati: 48 oy 48 oy48 oy48 oy 48 oy 36 oy

Sotib olinayotgan avtotransport vositasidan tashqari yetarli miqdorda boshqa ta'minot taqdim qilingan taqdirda boshlang‘ich badal talab qilinmaydi.

1.10. Muddati / Foiz stavkasi
Muddati 1-12 oy 13-24 oy 25-36 oy 37-48 oy
Rasmiy daromadga ega bo‘lganlar uchun 25% 26% 27% 28%
O’zini o’zi band qilgan jismoniy shaxslar uchun 26% 27% 28% 28%
1.11. Ta'minoti turi (garov) • Kredit miqdorining 115% dan kam bo‘lmagan qiymatda sotib olinayotgan va/yoki boshqa transport vositasi, ko‘chmas mulk garovi, uchinchi shaxslar kafilligi, kredit kaytmaslik xatarini sug‘urta kilish polisi;
• Bankka aloqador bo‘lgan shaxslarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha ta'minot O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan miqdorda qabul qilinadi.
1.12. Kerakli hujjatlar to‘plami • Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining shaxsini tasdiklovchi xujjat (Pasport, ID-karta, yashash uchun guvoxnoma va x.k.) asl nuxhasi;
• Kredit qaytarilishini ta'minlovchi hujjatlar;
• Avtotransport vositasining dastlabki oldi-sotdi shartnomasi;
• Mustaqil baholovchi tashkilotning avtotransport vositasini baholash hisoboti;         
• Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar bank tomonidan maxsus tarmoqlar orqali elektron shaklda mustaqil ravishda olinadi. Agar qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlar qarz oluvchidan talab qilinishi mumkin.
• O’zini o’zi band qilgan jismoniy shaxslar o‘z arizasida kredit to‘lovi uchun daromadlarini bayon qiladi.
1.13. Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar • Kreditni qaytarish vaqtida 21 yoshdan 60 yoshgacha.
• Salbiy kredit tarixining yo‘qligi;
• Bank va/yoki kredit tashkilotlarida muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligi;
• Mijozning o‘rtacha oylik daromadinidan kelib chiqib, mavjud kredit to‘lovlari va boshqa majburiy to‘lovlaridan qolgan mablag‘ini 70% kreditning asosiy va foiz to‘lovlarini so‘ndirishga yo‘naltirilishi.
  Chet el fuqarolik statusiga talab • Chet el fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs qarz oluvchi bo‘lganda, garov mulk ta'minotidan tashqari O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga (O‘zbekistonda doimiy daromad manbayi mavjud) ega shaxsning kafilligi.
1.14. Birgalikda qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar • Kreditni qaytarish vaqtida 21 yoshdan 60 yoshgacha.
• salbiy kredit tarixining yo‘qligi;
• Bank va/yoki kredit tashkilotlarida muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligi;
• Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining jami o‘rtacha sof daromadlarining 70% kredit bo‘yicha eng yuqori oylik to‘lovni hamda mavjud kreditlari/qarzdorligi bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lov miqdorini qoplash uchun yetarli bo‘lishi lozim.
1.15. Kredit ajratish to‘g‘risidagi qarorning amal qilish muddati 30 (o’ttiz) kun
1.16. Oraliq to‘lovlarning davriyligi Har oy
1.17. Oraliq to‘lovlarning davriyligi Annuitet yoki asosiy qarzni har oyda teng qismlarga bo‘lingan to‘lov tartibida (differensiallangan)

20/11/2023